Samvel Babayan O‘zbekiston termasining BAAdagi yig‘ini uchun tarkibni e’lon qildi

  • 14 yanvar, 2017, 11:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 uchinchi saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 21–24 yanvar kunlari BAAda qisqa muddatli yig‘in o‘tkazadi.

Samvel Babayan shogirdlari yig‘in doirasida 22 yanvar kuni Daniya U-23 termasiga qarshi, 23 yanvar kuni esa Gruziya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi BAAdagi yig‘inga quyidagi futbolchilarni jalb qildi.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Murodjon Zuxurov (“Bunyodkor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”).

Himoyachilar: Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Aleksandr Merzlyakov (“Buxoro”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Bobur Yo‘ldoshev (“Lokomotiv”), Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”), Shuhrat Muhammadiev (“Lokomotiv”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Salamat Quttiboev (“Buxoro”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”), Shohruz Norxonov (“Obod”), Igor Sergeev (“Paxtakor”).

Qayd etish joiz, “Nasaf” jamoasi OChL–2017 o‘tish bosqichida Bahraynning “Al-Hidd” klubiga qarshi bahs olib borishi va unga tayyorgarlik ko‘rishi sababli qarshiliklar tarkibidan yig‘inga futbolchilar jalb etilmadi.

Bundan tashqari, bo‘lajak yig‘in FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmaganligi uchun legioner futbolchilar BAAdagi o‘quv-mashg‘ulotlariga taklif etilmadi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 fevral kuni Turkiyaning Antaliya shahridagi o‘quv-mashg‘ulotlarida Armaniston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash boschiqi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!