Sanchesga AQShga kirishga ruxsat berishmadi
“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Aleksis Sanches jamoasining AQShda o‘tkaziladigan mavsumoldi turnesida ishtirok eta olmaydi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda chililik futbolchiga AQSh vizasini berishmagan. Sanchesning yuristi esa bu masalani tezroq hal qilish uchun harakat qilmoqda.
Aytish lozimki, ushbu ta’qiq Ispaniya soliq idoralari tomonidan qo‘yilgan. Tashkilot Sanchesni soliqlarni to‘lamagani uchun aynan shu yo‘l bilan jazolashga majbur bo‘lgan.
Eslatib o‘tish lozimki, 29 yoshli futbolchi dastavval 16 oy qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Biroq, keyinchalik ushbu hukm 2 yillik shartli jazoga almashtirildi. Sanches ayni damda Ispaniya g‘aznasiga salkam 1 million evro to‘lashi lozim.

Fikrlar