Sanjar Shoahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga jalb etilmadi

  • 14 yanvar, 2017, 14:49
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Bir necha kun oldin Toshkentning “Lokomotiv” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga jamoadan 9 nafar futbolchi jalb etilgani borasida xabarlar tarqalgandi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, qisqa muddatli yig‘inga “temiryo‘lchilar”dan 8 o‘yinchi jalb etildi.

Bugun O‘FF rasmiy saytida Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 uchinchi saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 21–24 yanvar kunlari BAAda qisqa muddatli yig‘iniga 23 futbolchi nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, “Loko” a’zosi Sanjar Shoahmedov ushbu qaydnomadan o‘rin olmagan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘in doirasida 22 yanvar kuni Daniya U-23 termasiga qarshi, 23 yanvar kuni esa Gruziya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!