Sanjar avstriyalik tengdoshiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev Chexiyaning Pardubitse shahri mezbonlik qiladigan “Brno Open” turnirida ishtirok etmoqda. Kuni  kecha hamyurtimiz ilk davrada Robin Stanek(Chexiya)ni 6:4, 7:5 hisobida mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.

Sanjar Chexiyadagi turnirni g‘alaba bilan boshladi

Ikkinchi bosqichda 22 yoshli tennischimizga avstriyalik Nenad Vladushich bilan bahs yuritdi. 22  yoshli Nenadga qarshi o‘yinda Sanjar 1 soat 14 daqiqa ichida raqibga bor-yo‘g‘i 6 ta geymni boy berdi va 6:2, 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.

Sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirning chorak finalida hamyurtimiz yana bir avstriyalik tennischi – Dennis Novak bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!