Sarri "Chelsi" rahbariyatidan meksikalik hujumchini sotib olishni so‘ramoqda

  • 25.10.2018 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek Londonning “Chelsi” klubi qishki transferlar davrida o‘zining hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “aristokratlar” bu borada PSV Eyndxov forvardi Irving Losanoni ko‘z ostidariga olib qo‘yishgan. Aniqrog‘i, meksikalik futbolchining transferini jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarri rahbariyatdan so‘ramoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Losanoga Kataloniyaning “Barselona” klubi ham jiddiy qiziqib qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Irving Losano joriy mavsum PSV safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!