Saul Alvares Gennadiy Golovkindan chempionlik kamarlarini tortib oldi

  • 16 sentabr, 2018, 09:35
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Las-Vegasdagi “T-Mobile Arena”sida professional boks kechasi tashkil qilindi. Kechaning asosiy qarama-qarshiligida sayyoramizning eng kuchli bokschilaridan meksikalik Saul Alvares (49-1-2, 34 KO) va qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin (37-0-1, 34 KO) ikkinchi marta o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Bu bokschilarning 2016 yil 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvida kuchlar teng kelgan. 114-114, 118-110 (Alvares ustunligi), 115-113 (Golovkin ustunligi).

Bugungi jangda ular o‘rta vaznda WBC, WBA va IBO chempionlik kamarlari uchun kurash olib borishdi. Shuningdek, g‘olib "The Ring" jurnali bo‘yicha vaqtinchalik chempionlik kamariga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!