"Seltik" Shotlandiyada rekord o‘rnatdi

  • 17 sentabr, 2017, 12:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shotlandiya chempionatida yaqqol peshqadamlik qilayotgan “Seltik” klubi ichki musobaqalarda mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha ham rekord qayd etdi.

Tecno

Joriy hafta UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk turida PSJdan 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchragan Brendan Rojers jamoasi Shotlandiya premer-ligasining navbatdagi turida “Ross Kaunti” klubiga (4:0) hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Ushbu g‘alaba bilan esa “Seltik” o‘zining chempionat va kubok bahslaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 55tuga etkazib oldi.

Ma’lumot uchun, “Seltik” so‘nggi bor 2016 yilning 11 may kuni mag‘lubiyatga uchrashgan. O‘shanda ular “Sent-Djonson” klubi mehmoni bo‘lgan va 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!