"Seltik" darvozabonini "Chelsi" hamlasidan saqlab qolmoqchi

  • 2 fevral, 2017, 15:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno
 

Shotlandiyaning bugungi kundagi eng kuchli klubi "Seltik" bosh murabbiyi Brendan Rojers jamoa posboni Kreyg Gordon bilan yangi shartnoma tuzishga harakat qilmoqda.

Qishki transferlar vaqtida "Chelsi" bu darvozabonni qo‘lga kiritish uchun ikki marotaba urinib ko‘rdi va rad javobini oldi.

Kreyg Gordonning "Seltik" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi va uni yana bir yilga cho‘zish imkoni bor.

- Biz Gordon bilan uzoq muddatli yangi shartnoma tuzamiz, - dedi Brendan Rojers. - U mening taktik rejalarimda muhim ahamiyatga ega.

Gordon darvozasini qo‘riqlayotgan "Seltik" joriy mavsumda 23 ta uchrashuvda 22 ta g‘alaba va bitta durang natija qayd etgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!