Sensatsiya: “Xoffenxaym”ning mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini “Leyptsig” olib keldi

  • 28 yanvar, 2017, 21:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Germaniya chempionati 18-turida turnir jadvalida 2-o‘rinda borayotgan mavsum kashfiyoti “Leyptsig” o‘z maydonida “Xoffenxaym” futbolchilarini qabul qildi.

Mazkur uchrashuvda “Leyptsig” 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi va “Xoffenxaym”ning mavsumdagi ilk mag‘lubiyatiga sababchi bo‘ldi. Joriy mavsumda “Xoffenxaym” hali hech kimga mag‘lub bo‘lmagandi.

Mazkur o‘yindan keyin “Leyptsig” 42 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. “Xoffenxaym” 31 ochko bilan qolib ketdi va to‘rtinchi o‘ringa pastladi.

RB Leyptsig – Xoffenxaym-1899 2:1

Gollar: 0:1 – 18 Amiri, 1:1 – 38 Verner, 2:1 – 77 Zabittser.

RB Leyptsig – Gulachi, Orban, Xalstenberg, Kompper, Bernardo, Zabittser, Ilzanker, Demme, Keyta, Poulsen (Zelke, 73), Verner.

Xoffenxaym-1899 –  Baumann, Kaderjabek, Zyule, Xyubner, Tsuber, Fogt (Sher, 46), Demirbay, Rudi, Amiri (Salai, 76), Kramarich (Ut, 63), Vagner.

Ogohlantirishlar: Amiri (25), Poulsen (35), Kompper (84).

Chetlatish: Vagner (60).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!