Sensatsiya bo‘lmadi: “Chelsi” safarda “Stok Siti”ni taslim qildi
Angliya chempionati 29-turida turnir peshqadami “Chelsi” safarda “Stok Siti” jamoasi mehmoni bo‘ldi.
Anchagina qiziqarli kechgan bellashuvda London klubi 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Villian hisobni ochgan bo‘lsa, 38-daqiqada Jonatan Uolters penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi.
87-daqiqada Gari Keyxill tomonidan kiritilgan gol Antonio Konte jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Stok Siti – Chelsi 1:2
Gollar: 0:1 – 13 Villian, 1:1 – 38, penalti Uolters, 1:2 – 87 Keyxill.
Stok Siti – Grant, Shoukross, Kemeron, Piters, Martins Indi, Sobxi, Allen, Arnautovich, Bardsli, Beraxino (Diuf, 61), Uolters.
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich (Loftus-Chik, 82), Mozes (Fabregas, 70), Villian (Zuma, 88), Kante, Pedro, Diego Kosta.
Ogohlantirishlar: Allen (15), Diego Kosta (17), Bardsli (40), Martins Indi (65), Piters (65).
Chetlatish: Bardsli (90).

Fikrlar