Serbiyalik mutaxassis “Qo‘qon-1912”ni tark etdi
Transfer oynasi ochiqligi munosabati bilan jamoamizda o‘zgarishlar davom etmoqda.
Mavsum boshida “Qo‘qon-1912” jamoasi safiga kelib qo‘shilgan darvozabon Muzaffar Abdullaev chempionatning qolgan qismini boshqa klubda, aniqrog‘i, “Neftchi”da davom ettiradigan bo‘ldi. O‘rtadagi shartnoma har ikki tomonning roziligi bilan bekor qilindi.
“Qo‘qon-1912” jamoasi murabbbiylar shtabida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mavsum arafasida klubimizdagi faoliyatini boshlagan serbiyalik mutaxassis Drajen Dukich ham jamoamizni tark etgan.

Fikrlar