
Serena Uilyams: Men yana farzandli bo‘lmoqchiman
Amerikanlik Serena Uilyams farzandli bo‘lganidan so‘ng tennisga qaytish qanchalik qiyin bo‘lganini aytib o‘tdi.
"Farzandli bo‘lganimdan so‘ng, tennisga qaytish men o‘ylagandek oson bo‘lmadi. Men o‘z o‘yinimni tiklashim uchun holatimni yaxshilashim kerak edi. Ammo o‘zimga kelgunimcha juda uzoq vaqt o‘tdi.
Men "Instagram"da ayollar tug‘ruqdan so‘ng tezda o‘z holatlarini yaxshiganlari haqida o‘qigan edim. Endi bilsam buning hammasi yolg‘on ekan. Aslida bir yildan uzoq vaqt o‘tib, ona organizmi o‘ziga kelar ekan. Biroq men bu qiyinchiliklarni engib o‘tdim va yana farzandli bo‘lishni istayman", – deydi Serena "US Open" turnirining matbuot hizmatiga bergan interyusida.
Fikrlar