"Sevilya" Vidalning transferi borasida kelishuvga erishdi

  • 03.08.2018 17:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Sevilya" klubi "Barselona" himoyachisi Aleish Vidalning transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra andalusiyaliklar 29 yoshli futbolchi uchun kataloniyaliklarga taxminan 8-9 mln evro to‘lashadi. Xabarlarga qaraganda Vidal “Barselona” AQShdan qaytgach “Sevilya” bilan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, Vidal “Barselona” safiga 2015 yil aynan “Sevilya”dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!