
"Sevilya" qishda "Liverpul" futbolchisini sotib olmoqchi
"Liverpul" himoyachisi Alberto Moreno faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga qaraganda 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga “Sevilya” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Andalusiyaliklar 2014 yilga qadar jamoada to‘p surgan ushbu tarbiyalanuvchisini yana ortga qaytarishmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Morenoning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga va “Sevilya” aynan shundan foydalanib uni qishda kamroq mablag‘ evaziga sotib olmoqchi.
Fikrlar