
Shaxmat bo‘yicha Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan Xalqaro turnirdan fotoreportaj
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha birinchi o‘zbek grossmeysteri Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan “Toshkent open” an’anaviy xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
6-turdan so‘ng, ikki nafar Xalqaro grossmeysterlar bir xil ochko to‘plagan holda oldinda bormoqda. Qozog‘istonlik Pavel Kotsur hamda belaruslik Kirill Stupak 5,5 ochkodan to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Hali biron turda mag‘lubiyatga uchramagan peshqadamlar o‘zaro o‘yinda durangga kelishishgan edi.
7-turda peshqadamlar Oleksandr Bortnik (Ukraina) hamda Vugar Rasulov (Ozarbayjon) bilan dona suradi. Ularning ikkalasi ham 5 ochkodan to‘plagan. Bobur Sattorov (O‘zbekiston), Ali Muhammad Lutfiy (Indoneziya), Muhammad Xusanxo‘jaev (Tojikiston) va Vasiliy Papin (Rossiya)lar esa 4,5 ochko jamg‘argan. 15 nafar ishtirokchi 4 ochkodan to‘play oldi. Ularning 9 nafari hamyurtlarimiz hisoblanadi. Shuningdek, iqtidorli ayol shaxmatchilarimiz Irina Gevorgyan va Gulruhbegim Tohirjonova hisobiga ham 4 ochkodan yozib qo‘yilgan.
12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar guruhida esa Umida Omonova va Javohir G‘ulomov bir xil - 5 ochko to‘plagan holda guruhda peshqadamlik qilyapti. Olmos Rahmatullaeva, Maftuna Bobomurodova va Islombek Sindorovlar 4,5 ochkoga ega. Xidirdavlat Raimqulov, Mohinur Habibullaeva, Saidamirbek Xotamov va Abdulbosit Sharifjonovlar 4 ochkodan jamg‘ara oldi.
Musobaqa davom etmoqda.
Fikrlar