Skolari "Guanjchou Evergrand"dan ketmoqda

  • 20 oktabr, 2017, 21:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubi bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari noyabr oyida lavozimini tark etadi.

Tecno

Reuters xabariga ko‘ra, braziliyalik 68 yoshli mutaxassis klub bilan yangi shartnoma imzolashni istamadi.

Skolari «Guanchjou Evergrand» klubiga 2015 yilda kelgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa ikki marta Xitoy chempionati, mamlakat Superkubogi va bir marta Xitoy kubogi va Osiyo chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.

Bundan tashqari, «xitoy yo‘lbarslari» joriy mavsumda ham chempion bo‘lishga yaqin turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Luis Felipe Skolari 2009-2010 yillarda Toshkentning «Bunyodkor» klubida ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!