Solari Benzemani maqtadi
"Benzema hozirda juda yaxshi formada. U yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda. Men doimo aytib kelganman, Karim sheriklarini qulay vaziyatga olib chiqadigan juda ham sahiy futbolchi. Hozirda u deyarli har bir o‘yinda ishtirok etmoqda.
Barmoqlaridagi jarohati va og‘riqqa qaramay, yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Men Benzemani "to‘qqizlik" pozitsiyasida jahondagi eng kuchli futbolchilardan biri deb bilaman", - dedi Solari.
Ma’lumot uchun, frantsiyalik forvard joriy yilgi mavsumda Ispaniya La Ligasida 20 ta bahsda ishtirok etdi va 7 ta gol kiritib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar