Solari “Santyago Bernabeu”ga muxlislarning tashrifi kamayib ketgani haqida gapirdi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Santyago Solari kecha bo‘lib o‘tgan "Leganes"ga (3:0) qarshi o‘yindan so‘ng so‘nggi paytlarda “Santyago Bernabeu”ga tashrif buyuradigan muxlislar sonining keskin kamayib ketgani haqida gapirib o‘tdi.
“Real”ning butun dunyoda juda ko‘p muxlislari bor. “Real” – jahon brendi. Ammo, hamma muxlislar ham “Santyago Bernabeu”ga kela olmaydi. Odamlar bizga muxlislik qilayotganini bilamiz va buni his qilamiz”, - deydi argentinalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “Real” ayni damda La Ligada 30 ochko bilan musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar