Spalletti bitta o‘yinga chetlatildi

  • 24 sentabr, 2018, 22:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyaning o‘tgan 5-turida "Sampdoriya"ga (1:0) qarshi o‘yinda amalga oshirgan harakatlari uchun jazolandi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 59 yoshli italiyalik mutaxassis zaxira hakami bilan tortishgani uchun 1ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan. Eslatib o‘tish lozimki, shu kuni “neradzurrilar”ning kiritgan 2ta goli VAR tizimi sabab inobatga olinmagan edi.

Ma’lumot uchun, “Inter” chempionatning navbatdagi turida “Fiorentina”ga qarshi bahs yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!