"Spartak" - "Krilya Sovetov" 3:1 (video)

  • 25 noyabr, 2018, 21:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun Rossiya Premer-ligasi 15-turidan o‘rin olgan "Spartak" hamda "Krilya Sovetov" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Moskvadagi "Otkritie-Arena"da kechgan bellashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 49-daqiqada Sergey Kornilenko hisobni ochdi.

59-daqiqada esa Sofyan Xanni muvozanatni tikladi. Oradan 1 daqiqa o‘tgach esa Lorenso Melgarexo moskvaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvga esa yakuniy nuqtani Luis Adriano qo‘ydi - 3:1.

Hamyurtimiz Vitaliy Denisov esa bugun zaxirada qoldi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!