Muhim bellashuvlar oldidan terma jamoamizda jiddiy yo‘qotish

  • 16.03.2025 20:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasi doirasida "Rizespor" - "Bodrum" jamoasi bilan kuch sinashdi. Ushbu o‘yinda mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi. 

Rizeliklar safida to‘p tepayotgan legionerimiz Husniddin Aliqulov o‘yinning 44-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etdi. Shifoxonada o‘tkazilgan dastlabki tekshiruvlardan so‘ng uning burni va yonoq suyagida sinish tashxisi qo‘yildi. 

Tak’idlash kerak, u O‘zbekiston Milliy terma jamoasining asosiy tarkib a’zosi sanaladi. "Oq bo‘rilar"ni esa oldinda Qirg‘iz Respublikasi va Eronga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!