"Sport" telekanali Superliganing bugungi o‘yinlarini jonli efirga uzatmaydimi?
Xabaringiz bor bugun O‘zbekiston Superligasining navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.
Jumladan, shu kuni So‘g‘diyona – AGMK (18:00) uchrashuvi turni ochib beradi. So‘ngra, “Nasaf” – “Bunyodkor” (20:00) va “Lokomotiv” – “Neftchi” (20:00) o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Muxlislar uchun e’tiborli jihati, shu kungacha kamida 1ta o‘yinni jonli namoyish etib kelayotgan “Sport” telekanalining bugungi dasturlaridan ushbu uchrashuvlardan birortasi joy olmagan.

Fikrlar