Superliga klublari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni ochiq

lublar onlayn ravishda PFL tomonidan ochilgan yagona elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ta’kidlash joiz, ushbu mavsum uchun litsenziyalash talablarini bajargan klublargina mavsumda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Ayni damda, Superliga klublari talablarni bajarish bo‘yicha kamchliklarga egalar. Masalan, “Paxtakor” klubi akademiya masalasini hal qilmagan. Shuningdek, klub stadion yoritgichlari bo‘yicha ham kamchiliklarga ega. Xuddi shunday muammo amaldagi chempion hisoblangan “Lokomotiv” klubida ham mavjud. Boshqa klublarda ham ayni damda litsenziyalash talablarini bajarish bo‘yicha muammolar bor. 

Ayni damda, klublar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin, ammo yakuniy ro‘yxatga olish jarayoni klublar litsenziyalash talablarini bajargandan so‘ng boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!