Tampere-2017: Iso Shapiev – Jahon chempionati kumush medali sohibi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Finlyandiyaning Tampere shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining dastlabki kuni hamyurtlarimiz uchun o‘z nihoyasiga etdi.

Bugungi kun doirasidan o‘rin olgan bellashuvlarda hamyurtlarimizda -74 kilogramm vazn toifasida Iso Shapiev va -60 kilogramm vaznda Abbos Rahmonovlar gilamga chiqishdi.

Xususan, qiziqarli kechgan bellashuvlarda Abbos Rahmonov chorak final bosqichida musobaqani tark etgan bo‘lsa, Iso Shapiev o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini sezilarli ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratgan holda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Hal qiluvchi bosqichda esa AQSh vakili Mark Jon Xollga qarshi bellashgan sportchimiz imkoniyatni boy berib qo‘ygan holda kumush medal sohibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!