Tezkor xabar! Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan futbolchi Rossiya terma jamoasiga jalb etilishi mumkin

  • 13.09.2018 16:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov "Gannover" himoyachisi Valdemar Antonni o‘z jamoasi safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Goal.com internet nashri xabar bermoqda.

Xabarlarga qaraganda Cherchesov ushbu futbolchini JCh-2018ga qadar terma jamoaga jalb etishni rejalashtirgan, biroq ayrim sabablarga ko‘ra bu ish amalga oshmay qolgan.

E’tiborlisi, 22 yoshli Anton O‘zbekistonda tug‘ilgan. Germaniya yoshlar terma jamoasida 8ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!