Tiago Silva faoliyatini qaerda yakunlamoqchi ekanligini aytdi
PSJ klubi himoyachisi Tiago Silva faoliyatining oxirigacha parijliklar safida o‘ynamoqchi.
“Mening klub bilan amaldagi shartnomam tugashiga yana 2 yil bor. Men faoliyatimni aynan PSJda yakunlamoqchiman”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Silva PSJ safiga 2012 yil “Milan”dan 42 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan.
Fikrlar