Tiago Silvaning uyini o‘g‘ri urdi
Kecha PSJ himoyachisi Tiago Silvaning uyiga o‘g‘ri tushdi.
L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra o‘g‘irlik PSJ - "Nant" uchrashuvi paytida sodir etilgan. Braziliyalik futbolchining uyidan qimmatbaho soatlar va tilla buyumlar o‘g‘irlangan. Ularning umumiy bahosi bir necha yuz ming evroni tashkil etishi aytilmoqda.
Parij shahri politsiyasi esa ushbu holat yuzasidan ish ochdi.
Fikrlar