Tobi Alderveyreld: "Tottenxem"dan ketmoqchiligim haqidagi xabarlar yolg‘on
Londonning “Tottenxem” klubi himoyachisi Tobi Alderveyreld yozgi transferlar davrida jamoani tark etish istagi bo‘lmagani haqida aytib o‘tdi.
“Hamma meni “Tottenxem”dan ketmoqchiligim haqida gapirdi. Lekin, bu yolg‘on. Bu yoz “Tottenxem”ga kerakligimni tushundim va shu sabab jamoada qolib, asosiy tarkib uchun kurashishga qaror qildim. Yana asosiy tarkibda bo‘lish men uchun g‘oliblikdir.
Men shunchaki qo‘ldan kelgancha “Tottenxem”ga yordam bermoqchiman. Matbuotda yozilgan hamma xabarlar ham haqiqat bo‘lavermaydi”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, yozda Alderveyreldning “Manchester Yunayted”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar