
Toni Fergyuson Nurmagomedov - MakGregor jangida kimga muxlislik qilishini aytib o‘tdi
Aralash yakkakurashlar jangchisi Toni Fergyuson Konor MakGregor - Xabib Nurmagomedov qarama-qarshiligi haqida aytib o‘tdi.
- Xabib ohirgi jangida o‘z kuchini ko‘rsata olmadi. Men kutganimdek, El Yakvinta bahsda 5 raund davomida raqibiga qarshi kurashdi, biroq Nurmagomedov uni mag‘lub etdi.
Xozirda, o‘z e’tiborimni jarohatimga qaratganman. Muxlislar meni Xabib bilan olishishimni kutishmoqda, biroq bugungi kunga kelib men 90%ga tayyorman. Umid qilamanki, keyingi jangim sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Xabib - Konor qarama-qarshiligida kimga muxlislik qilishim haqida shuni aytaolamanki, ular bir-birini kaltaklashi tarafdoriman, - deya Fergyusonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Fight Sports nashri.
Ma’lumot uchun, Toni Fergyuson 7 aprel kuni Nurmagomedov bilan jang qilishi kerak edi, biroq uning jarohati tufayli El Yakvinta Xabib bilan kurashdi va mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar