Toshev boshqaruvidagi Tojikiston OTJ Toshkentda kechadigan saralash o‘yinlariga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda

  • 4 yanvar, 2019, 23:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirda Toshev qo‘l ostida milliy terma jamoaning dekabr oyidagi o‘yinlarida ishtirok etmagan futbolchilar shug‘ullanishmoqda va keyinchalik Ummon va Bahrayn termasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etgan futbolchilar ham tarkibga qo‘shilishi aytilmoqda.

Tecno

Yig‘in yakunida esa termaning Qatarda o‘tadigan xalqaro musobaqada ishtirok etadigan tarkibi ma’lum bo‘ladi. Qo‘shnilarimiz u erda Eron (15 yanvar), Qatar (18 yanvar) va quvaytlik tengqurlariga qarshi bahs olib borishadi.

Ushbu turnir Tojikiston olimpiya termasining Toshentda kechadigan Osiyo chempionati saralashi uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 22-26 mart kunlari poytaxtimizda Hindiston, Pokiston, O‘zbekiston va Tojikiston olimpiya termalari Tailandda o‘tadigan qit’a birinchiligi uchun kurash olib borishadi. Tailanddagi Osiyo kubogi orqali esa Tokio-2020 olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!