Toshkent shahri yana bir yirik turnirga mezbonlik qiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

11-13 avgust kunlari Toshkent shahri  taekvondo WTF bo‘yicha yirik turnirga imezbonlik qiladi. O‘zbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi matbuot xizmati tarqatayotgan xabarga qaraganda, shu kunlari poytaxtimizda Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi — G2 turkumiga kiruvchi Osiyo mintaqasi bahslari bo‘lib o‘tadi.

Xabarda keltirilishicha, ushbu turnir Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion ochkolarni taqdim etadi. Ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu musobaqa qit’a va jahonning 30dan ortiq davlatining 500 nafardan ortiq eng etakchi taekvondo ustasini poytaxtimizga jamlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!