
Toshkentda ayol hakamlar uchun o‘quv seminari o‘tkazilmoqda
Jumladan, 18 fevraldan "Chig‘atoy" sport majmuasida ayol hakamlar uchun o‘quv seminari boshlandi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Seminar davomida hakamlar nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borishmoqda. Mashg‘ulotlarni tajribali inspektorlar Marat Ismoilov va Timur Abdullaevlar o‘tkazishyapti. Bugun hakamlar Engil atletika federatsiyasi maydonida jismoniy imtihonlar topshirishdi. Shuningdek, ulardan o‘yin qoidalari bo‘yicha videotestlar olish rejalashtirilgan.
Mazkur o‘quv seminari 21 fevralga qadar davom etadi.
Fikrlar