“Tottenxem” Bundesliganing bo‘lajak yulduzini sotib olmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyaning “Shalke-04” klubi xavbeki Maks Mayer uchun faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi uchun imkoniyat paydo bo‘lishi mumkin.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, Londonning “Tottenxem” klubi 21 yoshli nemis futbolchisini o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Yuqoridagi manbaaning xabariga ko‘ra ushbu transfer 2017 yilning yozida amalga oshirilishi kutilmoqda. Transferning umumiy qiymati esa 30 million evroni tashkil etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Mayer “Shalke-04” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U ushbu mavsumda 21ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1ta gol va 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!