"Tottenxem" Lorisni jazolamoqchi
Boisi frantsiyalik kiper mast holatda avtomobil boshqarib, politsiya mahkamasiga tushib qoldi. Uni juma kuni kech soat 02:00 da to‘xtatib qo‘rishganida va alkotestdan o‘tkazishganida Lorisning mast ekanligi aniqlanadi.
31 yoshli futbolchi mahkamadan garov puliga evaziga ozodlikka chiqdi va o‘sha kuni jamoasining mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
Fikrlar