“Tottenxem” himoyachisining jarohati kutilganidan jiddiyroq chiqdi

  • 4 fevral, 2017, 10:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Londonning “Tottenxem” klubi himoyachisi Denni Rouz “Sanderlend”ga qarshi (0:0) Angliya chempionati 23-turida jarohat olgandi.  

Rouz o‘yinning 38-daqiqasida maydonni tark etgandi. Uning o‘rniga Devis uchrashuvni davom ettirgan.

Tibbiy ko‘rikdan so‘ng angliyalik futbolchining jarohati kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning tiklanishiga 1 oy muddat kerak bo‘ladi.

“Rouzning safga qaytish aniq muddati dushanba kuni ma’lum bo‘ladi”, – dedi “shporlar” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!