"Tottenxem"ning yana bir etakchisi uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 22 yanvar, 2019, 23:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Dele Alli “Fulxem”ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda tizzasidan jarohat oldi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli futbolchi kamida mart oyining boshiga qadar maydonga tusha olmaydi.

Ma’lumot uchun, Alli joriy mavsum APLda 17ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5ta gol va 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “shporlar”ning etakchi hujumchisi Xarri Keyn 1,5 oyga safdan chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!