Transferlar uchun eng ko‘p pul ishlatgan murabbiylar top-7 ligi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ko‘pchilik mashxur murabbiylarning muvaffaqiyatini uning moxir mutaxassisligida emas, balki qo‘l ostida kuchli futbolchilari borligi bilan bog‘laydi.  Buni qanchalik haqiqatga yaqinligini ular tomonidan amalga oshirilgan transferlarning umumiy narhi bilan tekshirib ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

“Manchester Yunayted” sotgan qimmatbaho futbolchilar. Top-5

Xosep Gvardiola

Jamoalari: "Barselona", "Bavariya" va "Manchester Siti"

Nechta futbolchi sotib oldi: 40

Transferlar uchun sarflangan mablag‘: 758,5 mln evro

Zamonaviy futbolning moxir murabbiylaridan biri sanaladigan Pep salkam 10 yilda 40 futbolchini sotib olish uchun 758,5 mln evro sarf etdi. Bu Gvardiola janoblari har bir futbolchi uchun o‘rtacha 18,9 mln evro sarf etdi deganidir. Gvardiolaning jamoalari har yili qandaydir sovrinni qo‘lga kiritib kelgan. Biroq bu mavsum ispaniyalik murabbiy o‘z kuchini Angliyada sinab ko‘rishga qaror qildi. "Manchester Siti" yozda yangi futbolchilar uchun 213 mln evro sarf etganini ta’kidlash joiz.

Klaudio Raneri

Jamoalari: "Napoli", "Fiorentina", "Valensiya", "Atletiko", "Chelsi", "Parma", "Yuventus", "Roma", "Inter", "Monako" va "Lester"

Nechta futbolchi sotib oldi: 87

Transferlar uchun sarflangan mablag‘: 759,88 mln evro

Muxlislar tomonidan "omadsiz murabbiy" tamg‘asi bosilgan Raneri unday emasligini o‘tgan mavsumda isbotlashga erishdi. "Lester"ning amaldagi murabbiyi o‘zi boshqargan 11 ta klubda 87 nafar futbolchini harid qilgan bo‘lib, ular uchun jami salkam 760 mln evro sarf etgan.

Ser Aleks Fergyuson

Jamoalari: “Ist Sterlingsher”, “Sent-Mirren”“Aberdin”, “Manchester Yunayted”

Nechta futbolchi sotib oldi: 94

Transferlar uchun sarflangan mablag‘: 790,35 mln evro

Futbol tarixidagi eng sovrindor murabbiylardan biri bo‘lgan Fergyuson 39 yillik murabbiylik faoliyati davomida transferlar uchun salkam 800 mln evro sarf etgan. Bu mablag‘larga esa shotlandiyalik mutaxassis 94 nafar futbolchini harid qilgan. Albatta, bu raqamlarning aksariyati Fergyuson 25 yil ishlagan – “MYu”ga tegishlidir. Hisob-kitoblarga ko‘ra Fergi janoblari har bir futbolchi uchun o‘rtacha 8,4 mln evro sarf etgan.

Arsen Venger

Jamoalari: “Nansi”, “Monako”, “Nagoya Grampus”, “Arsenal”

Nechta futbolchi sotib oldi: 98

Transferlar uchun sarflangan mablag‘: 808,38 mln evro

Salkam 20 yildan buyon “Arsenal”ni boshqarib kelayotgan mse Venger transferlar uchun 808 mln evro sarflagan. Albatta, bu qadar katta summaning bosh sababchilari O‘zil, Sanches, Jaka, Mustafi va Chexlardir. Bu futbolchilar uchun “to‘pchilar” yuqoridagi summaning   ¼ qismini sarf etishgan.

Manuel Pellegrini

Jamoalari: “Vilyareal”, “Real”, “Malaga”, “Manchester Siti”

Nechta futbolchi sotib oldi: 65

Transferlar uchun sarflangan mablag‘: 856,55 mln evro

Pellegrini transfer bozorida 850 mln evrodan ortiq harajat qilgan. Boz ustiga buncha pulga bor-yo‘g‘i 65 nafar futbolchi sotib olingani diqqatga sazovor. O‘rtacha chililik mutaxassis har bir futbolchi uchun 13,1 mln evrodan sarf etganini ko‘rishimiz mumkin. Darvoqe, bu summa faqat Pellegrini ishlagan Evropa qit’asidagi jamoalarga tegishli ekanligini aytish yodimizdan ko‘tarilibdi.

Transferlar uchun milliard sarflagan ikki murabbiydan biri Karlo Anchelottidir. Anchelotti doimo “o‘ziga to‘q” jamoalarda faoliyat yuritgan va shu boisdirki, italiyalik mutaxassis katta haridlarni “cho‘chimay” amalga oshirib keladi. Albatta, shuncha mablag‘ sarflaganga yarasha, sovinlar ham Anchelottida bisyordir.

Joze Mourino

Jamoalari: “Portu”, “Chelsi”, “Inter”, “Real”, “MYu”

Nechta futbolchi sotib oldi: 90

Transferlar uchun sarflangan mablag‘: 1,27 mlrd evro

Mourino futbolchi sotib olish uchun sarf etgan mablag‘larga bemalol katta korxona qurish mumkin. Axir 1,2 milliard evro ozmuncha mablag‘ emas. “Be’nazir” ham Anchelotti singari “badavlat” jamoalarda ishlab keladi. Birgina o‘tgan transfer bozorida portugaliyalik mutaxassis 3 futbolchi(Pogba, Mxitaryan va Bayi) uchun 200 mln evroning bahridan kechdi. Bu pullarning yarmidan ko‘pi Pogba uchun sarf etilganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.

APLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan  5 futbolchi

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!