Trezege "River Pleyt" sport direktori bo‘lishi mumkin

  • 27 oktabr, 2017, 12:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi sobiq yulduzi David Trezege Argentinaning «River Pleyta» klubida sport direktori lavozimida faoliyat boshlashi mumkin.

Tecno

L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda Antonio Kaselli jamoaning prezidenti etib saylansa, frantsiyalik sobiq futbolchi klub rahbariyatida ish boshlaydi.

Aytish kerakki, “River Pleyt” boshqaruvida shuningdek argentinalik sobiq hujumchi Ernan Krespo ham ish boshlashi mumkin.

Ma’lumot uchun, Trezege 2012/13 yillarda aynan “River Pleyt” klubida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!