Turk klubi ham Yovetich uchun kurashga qo‘shildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning “Inter” klubi hujumchisi Stevan Yovetich Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasi qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.

Football Italia nashrining ma’lum qilishicha, turk klubi agar “Suonsi”dan Bafetimbi Gomisni sotil ololmasa, aynan 27 yoshli chernogoriyalik futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Yovetich o‘tgan mavsumni “Sevilya” safida ijara asosida o‘tkazib, 21ta uchrashuvda 6ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Ta’kidlash kerakki, andalusiyaliklar futbolchini 14 mln evroga sotib olish huquqiga ega, biroq ular ayni damda Yovetich uchun buncha pul to‘lashga qodir emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!