UEFA koeffitsientlar jadvali: Ispaniya peshqadam, Rossiya esa kuchli oltilikda
Xabaringiz bor joriy hafta Evropaning bir qator jamoalari yangi mavsum evrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun saralash uchrashuvlarini o‘tkazishdi.
Chempionlar ligasining 3- hamda Evropa ligasining 4-saralash raundlari yakunlaridan so‘ng UEFA koeffitsientlar jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Ispaniya - 89,212;
2. Germaniya - 63,427;
3. Angliya - 62,105;
4. Italiya - 60,582;
5. Frantsiya - 46,831;
6. Rossiya - 42,582;
7. Portugaliya - 39,415;
8. Belgiya - 37,000;
9. Ukraina - 34,533;
10. Turkiya - 30,500.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:00da Chempionlar ligasi, soat 16:00da esa Evropa ligasi guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun so‘nggi pley-off juftliklariga qur’a tashlanadi. Saytimiz orqali qur’a natijalari bilan tanishib olishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang!

Fikrlar