UEFA "Arsenal" hujumchisini 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi

  • 22 fevral, 2019, 23:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA tartib-intizom qo‘mitasi Londonning "Arsenal" klubi forvardi Aleksandr Lyakazettni Evropa ligasining 3ta bahsiga diskvalifikatsiya qildi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 27 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘tgan hafta BATEga (1:0) qarshi bo‘lib o‘tgan mehmondagi bahsda raqib futbolchisiga tirsagi bilan zarba bergani uchun hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilib maydondan chetlatilgan edi.

Lyakazett kecha BATEga (3:0) qarshi bo‘lib o‘tgan Londondagi uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Endi u musobaqaning 1/8 finalidan o‘rin olgan “Renn”ga qarshi ikkala o‘yinda ham ishtirok etmaydi.

Ma’lumot uchun, Lyakazett joriy mavsum “Arsenal” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 12ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!