Uaylder va Fyuri revansh jangi promouterlik savdolari yana qoldirildi
Butun jahon boks uyushmasi (WBC) super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder va Tayson Fyuri o‘rtasidagi ikkinchi jang uchun promouterlik savdolari bekor qildi, deya xabar bermoqda BoxingScene nashri.
Hozircha savdorlar noma’lum muddatga qoldirilgan, avvalroq WBC xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga juda yaqin kelishganligi aytilgan edi. Dastlabki savdolar 5 fevral kuni o‘tkazilgan, ammo Uaylder va Fyuri jamoalari so‘roviga ko‘ra bir haftalik muddatga kechiktirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, keyingi jang borasidagi e’lon 10 kun ichida chiqadi. Katta ehtimol bilan revansh jang 18 may kuni Bruklindagi (AQSh) “Barclays Center” arenasida tashkil qilinadi.
Fikrlar