Uchqo‘rg‘on tumanida o‘quv sport texnika klubining yangi bazasi ochildi (foto)
Namangan viloyatida Navro‘z bayrami arafasida “Vatanparvar” tashkilotining Uchqo‘rg‘on tumani o‘quv sport texnika klubining yangi bazasini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tuman O‘STKning yangi, zamoanaviy bazasi yoshlarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlash, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi vazifalarni bajarish bilan birga yoshlar o‘rtasida sportning texnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish imkoniyatini yaratadi.
O‘quv bazasini taqdimot marosimida dastlab zamonaviy o‘quv xonalari namoyish etildi.



Ochilish tadbirida sport turlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.


Tashkilot raxbarlari iqtidorli sportchilar bilan estalik suratlariga tushishdi.

– “Vatanparvar” tashkilotining Uchqo‘rg‘on tumani o‘quv sport texnika klubi yangi bazasining ochilish marosimida ko‘zidan o‘t chaqnayotgan yoshlarni ko‘rib shunga amin bo‘ldimki, mana shu baza yaqin kelajakda chekka hududlardan hisoblanadigan mana shu tumanda ham iqtidorli sportchilarning soni ortishiga, mamlakat chempionatlari, nufuzli xalqaro turnirlarning medallariga ega bo‘ladigan sportchilar etishib chiqishiga xizmat qiladi, – deydi tashkilot markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmuhammad Mullaboev.



Fikrlar