
Uimbldon. Ikkinchi davra o‘yinlariga start berildi
Kecha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida ikkinchi davra o‘yinlariga start berildi.
Sovrin jamg‘armasi 31 600 000 funtni tashkil etuvchi turnirning erkaklar o‘rtasidagi musobaqasi ikkinchi davrasida hozirgacha bo‘lib o‘tgan 16 ta bahsning birortasida sensatsion natija qayd etilmadi.
Turnirning amaldagi g‘olibi Endi Marrey bu bosqichda Dastin Braun(Germaniya)ni uch setda mahv etdi.
Rafael Nadal esa Denis Istominni kurashdan chiqarib yuborgan Donald Yang(AQSh)ni 6:4, 6:2, 7:5 hisobida mag‘lub etdi.
Quyida kecha qayd etilgan natijalar bilan tanishtiramiz.
Karen Xachanov (Rossiya) – Tiago Monteyra (Braziliya) 3:6 7:6 7:6 7:5
Ruben Bemelmans (Belgiya) – Daniil Medvedev (Rossiya) 6:4 6:2 3:6 2:6 6:3
Endi Marrey (Buyuk Britaniya) – Dastin Braun (Germaniya) 6:3 6:2 6:2
Rafael Nadal (Ispaniya) – Donald Yang (AQSh) 6:4 6:2 7:5
Marin Chilich (Xorvatiya) – Florian Mayer (Germaniya) 7:6 6:4 7:5
Kei Nisikori (Yaponiya) – Sergey Staxovskiy (Ukraina) 6:4 6:7 6:1 7:6
Jo-Vilfred Tsonga (Frantsiya) – Simone Bolelli (Italiya) 6:1 7:5 6:2
Eji Yanovich (Polsha) – Lyuka Puy (Frantsiya) 7:6 7:6 3:6 6:1
Jil Myuller (Lyuksemburg) – Lukash Rosol (Chexiya) 7:5 6:7 4:6 6:3 9:7
Roberto Bautista-Agut (Ispaniya) – Piter Goyovchik (Germaniya) 6:2 6:1 3:6 6:3
Sem Kuerri (AQSh) – Nikoloz Basilashvili (Gruziya) 6:4 4:6 6:3 6:3
Jo-Vilfred Tsonga (Frantsiya) – Simone Bolelli (Italiya) 6:1 7:5 6:2
Fabio Fonini (Italiya) – Irji Vesely (Chexiya) 7:6 6:4 6:2
Alyaj Bedene (Buyuk Britaniya) – Damir Djumxur (Bosniya va Gertsegovina) 6:3 3:6 6:3 6:3
Kevin Anderson (JAR) – Andreas Seppi (Italiya) 6:3 7:6 6:3
Benua Per (Frantsiya) – Per-Ug Erber (Frantsiya) 7:6 6:1 6:4.
Fikrlar