
Ukraina chempionatida jamoalar soni oshirilmaydigan bo‘ldi
Ukraina futbol federatsiyasida Ukraina premer-ligasida ishtirok etayotgan klublar vakillari o‘rtasida qayta yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ushbu yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala yangi 2019/20 yilgi mavsumda premer-liga jamoalari soniniga aniqlik kiritish bo‘ldi. O‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra 12 ta vakildan 8 tasi kelgusi mavsumda ham chempionatda 12ta jamoa qolishini yoqlab ovoz bergan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ukraina premer-ligasi formati o‘zgartirilib, chempionatda 16ta jamoa ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar