"Valensiya" Cherishevning transferini to‘liq sotib olmoqchi

  • 16 fevral, 2019, 20:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Valensiya" klubi rossiyalik hujumchi Denis Cherishevning transferini "Vilyarreal"dan to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘rshapalaklar” 28 yoshli futbolchi uchun “sariq suv osti kemasi”ga 7 mln evro to‘lashmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Cherishevning sotib olinishini shaxsan “Valensiya” ustozi Marselino xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, Cherishev “Vilyarreal” safiga 2016 yil ko‘chib o‘tgan edi. Shundan so‘ng u “Valensiya” safiga ijaraga asosida ko‘chib o‘tdi.

Cherishev joriy mavsum “ko‘rshapalaklar” safida 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!