"Valensiya" va "Milan" Falkaoni o‘z safida ko‘rmoqchi

  • 26 fevral, 2019, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" forvardi Radamel Falkao 2ta grand klubning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 33 yoshli kolumbiyalik futbolchini "Valensiya" hamda "Milan" klublari o‘z safida ko‘rmoqchi. “Rossonerilar” unga nisbatan yaxshiroq maosh va’da qilishmoqda, ammo, u yana La Ligaga qaytish istagida.

O‘z navbatida “Monako” ham tajribali futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas va u bilan kelishuvni uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Falkao joriy mavsum monakoliklar safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 12 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!