Valverde: 0:0 xavfli hisob
Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde kecha EChL 1/8 finali doirasidan o‘rin “Lion”ga (0:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz yanada yaxshiroq natija kutgandik. Chunki biz juda ko‘p kuch sarfladik, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadik.
Biz o‘z maydonimizda kuchlimiz, ammo 0:0 hisobi xavfli ekanligini unutmasligimiz lozim. Biz g‘alaba qozonishimiz shart va bizga muxlislar ko‘magi zarur”, - deydi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Lion” jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 13 mart sanasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar