Valverde "Barselona" bilan shartnomani uzaytirish haqida o‘ylamayapti

  • 06.09.2018 20:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish haqida o‘ylamayotganini aytdi.

“Men hech kim bilan muzokaralar o‘tkazmadim. Menimcha yangi shartnoma haqida gapirishga juda erta”, - deydi 54 yoshli mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Valverdening “ko‘k-anor ranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Ta’kidlash kerakki, uning boshqaruvidagi “Barselona” o‘tgan mavsum Ispaniya chempionati va kubogida zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!