Valverde: Nega "Real"dan qo‘rqishimiz kerak?

  • 16 fevral, 2019, 21:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde chempionatda 2-o‘rinda borayotgan "Real" Madrid oradagi farqni qisqartirishi mumkinligi haqidagi fikrlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Real”dan qo‘rqamizmi? Nega ulardan qo‘rqishimiz kerak? Biz hamisha “Real”, “Atletiko”, “Valensiya” kabi jamoalar bilan raqobat olib boramiz. Lekin biz ularni yaqinlashishidan umuman qo‘rqmaymiz. Chunki biz hozir jadvalning eng yuqorisida turibmiz”, - deydi Valverde.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” 51 ochko bilan La Ligada peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinda esa 45 ochko bilan “Real” bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Лео Месси
16/02/2019 21:30
Барселона Чемпион! Олға Вальверде биз сенга ишонамиз